Bektemir tumani – Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. Hududning nomi tumandan oqib o‘tuvchi Bektemir kanali nomidan olingan. 1960-73 yillar Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidagi Bektemir shaharchasi, 1973-90 yillarda shahar, 1981-90 yillarda davlat va jamoat arbobi Narimon Narimonov (1870-1925) nomi bilan yuritilgan. 1990 yil 27 fevral kuni tuman sifatida tashkil topgan. Bektemir tumani Toshkent shahrining janubiy-sharq tomonida bo‘lib, Katta halqa yo‘lining tashqarisida, asosan, Chirchiq daryosining chap sohilida joylashgan. Maydoni 3 494,2 gektar (34,9 ming km. kv.). Aholi soni – 68,5 ming nafar. Shundan 11456 nafari yoshlar va 34,9 ming nafari ayollardir. Tumanda oilalar soni – 23974 ta. Hozirda tumanda 18 ta mahalla mavjud. Ko‘chalar soni jami -106 ta, asosiylari-14 ta: kichik tor – 66 ta, berk ko‘chalar 26-tani tashkil qiladi. Bektemir, Ohangaron, Husayn Boyqaro, Oltintopgan va boshq.
