
Shayx Zayniddin — Toshkentning muqaddas homiylaridan biri, XII asrda Bag‘dodda tug‘ilgan va otasi tomonidan tasavvuf ta'limotini tarqatish uchun Toshkentga yuborilgan. Toshkent aholisi Chingizxon qo‘shini bosqinidan so‘ng ma'naviy yordamga muhtoj edi. Shayx Zayniddin chillaxonada — hozirgacha saqlanib qolgan gumbazli yerosti inshootda yashab, ibodat qilgan.
Rekonstruksiya jarayonida arxeologlar
chillaxona milodiy VII yoki VIII asrda barpo etilganini aniqladilar. Gumbaz
tepasida va yuqori qavatning tagida teshiklar mavjud bo‘lib, yozgi kunning
quyosh to‘rishi paytida ular orqali quyosh nurining o‘tishi dehqonchilik ishlari
uchun zarur bo‘lgan taqvimni aniqlash imkonini bergan.
Rivoyatlarga
ko‘ra, 95 yil umr ko‘rgan Zayniddin bobo chillaxona yonida dafn etilgan, qabri
ustida esa Amir Temur farmoni bilan maqbara qurilgan. Hozirda maqbara Ko‘kcha
hududidagi katta qabriston o‘rtasida joylashgan bo‘lib, ko‘plab ziyoratchilar
va sayyohlar qadimiy rasadxonani tomosha qilish uchun saqlanib qolgan
chillaxonaga tushadilar.

Savdo markazi — Chilonzordagi eng mashhur va ramziy joy. U 1964-yilda OʻzSSRning 40 yilligiga bagʻi...

Oʻzbekiston Davlat tarix muzeyi Toshkentning eng chiroyli binolaridan birida — 1970-yilda proletari...

Yarim doira fasadli chiroyli bino 1938-yilda moskvalik meʼmorlar A. A. Galkin va A. N. Karnauxov to...

Amir Temur prospektidagi (ilgari — Proletar koʻchasi) ikki qavatli bino 1927-yilda meʼmor Georgiy S...