Bektemir tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Bektemir tumanida yana bir ta’lim maskani foydalanishga topshirildi

🏢Bugun Bektemir tumanidagi 290-sonli umumta’lim maktabi yangicha qiyofada o‘quvchilar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Maktab hududida 750 o‘rinli yangi o‘quv binosi bunyod etilib, 1975-yilda qurilgan 960 o‘rinli mavjud bino to‘liq ta’mirlandi. Natijada ta’lim dargohining umumiy sig‘imi 1 714 o‘ringa yetkazilib, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhiti yaratildi.

🔔Ta’lim dargohida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan: shinam sinfxonalar, mashg‘ulot xonalari, zamonaviy oshxona, sport zallari hamda faollar zali o‘quvchilar ixtiyoriga topshirildi.

🇺🇿Maktabning ochilish marosimida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova, mas’ul tashkilotlar rahbarlari, nuroniylar, ota-onalar hamda o‘quvchilar ishtirok etdi.

✔️Tadbir davomida yangilangan maktabda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishilib, o‘quvchilar bilan samimiy muloqot qilindi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Toshkent shahrining ayrim tumanlaridagi daha va mavzelarning nomi hamda ularning geografik joylashuvini qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish taklif etilmoqda
19.10.2026, 17:22
Toshkent shahrining ayrim tumanlaridagi daha va ma...

Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasiga ayrim tuman hokimliklar...

Dizayn-kod bo‘yicha fikringiz biz uchun muhim
19.10.2026, 14:57
Dizayn-kod bo‘yicha fikringiz biz uchun muhim

▫️Dizayn-kod — peshlavha va reklama konstruksiyalarini tartibga solib, poytaxt ko‘chalarida yagona va uyg‘un qiyofa yara...

“Toshkent tajribasi”: ta’lim sifati va o‘quvchilar bilimini oshirish masalalari muhokama qilindi
19.10.2026, 11:36
“Toshkent tajribasi”: ta’lim sifati va o‘quvchilar...

Chilonzor tumanidagi 90-sonli umumta’lim maktabida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova boshchiligida “To...

Aholi va tadbirkorlar huquqlariga rioya etish haqida
19.10.2026, 10:18
Aholi va tadbirkorlar huquqlariga rioya etish haqi...

🏙 Qulay shahar barpo etish — hokimlikning asosiy vazifalaridan biri. Biz shahar muhiti aholi uchun qulay bo‘lishi, tadb...