- Toshkentdan gapiramiz
- 16.09.2026, 10:22
Rasmiy munosabat
“Mirzakalon Ismoiliy” mahallasidagi 1A, 2, 3, 5 va 7-sonli ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatlarida joylashgan xonadonlardan foydalanish masalasida yuzaga kelgan savollar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Gap tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan mulkdorlar uchun yaratilgan ixtiyoriy imkoniyat haqida bormoqda. Xususiy mulkdan uning egasi roziligisiz foydalanish bo‘yicha hech qanday qaror qabul qilinmagan va qabul qilinishi ham mumkin emas.
Mazkur xonadonlarga oid har qanday harakat faqat mulkdorning roziligi bilan hamda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Tuman hokimligining vazifasi fuqarolar o‘rniga qaror qabul qilish yoki ularning o‘rniga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish emas, balki ushbu imkoniyatdan foydalanishni istagan mulkdorlarga zarur hollarda ko‘maklashishdan iborat.
Bu o‘rinda “rejalashtirilmoqda” degan ibora xususiy mulkdan uning egasi roziligisiz foydalanish nazarda tutilganini anglatmaydi. Har bir holatda yakuniy qaror faqat xonadon mulkdori tomonidan qabul qilinadi.

▫️Poytaxtda aholi sonining o‘sishi va ta’lim o‘rinlariga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, 2027-yilgi Ijtimoiy va ...

🌇Toshkent shahar hokimligida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Alisher Dusmuhamedov hamda IT Park Uzbekistan bosh dire...
Farg‘ona yo‘li ko'chasida “Yashil to‘lqin” tizimini sozlash zarurligi haqida aholi bizga izohlar va murojaatlarda bir ne...

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova boshchiligidagi ishchi guruh talabalar yotoqx...