- Toshkentdan gapiramiz
- 08.10.2026, 09:53
Talabalarni joylashtirish masalasi hal qilindi: Toshkent davlat texnika universiteti talabalari boshqa yotoqxonalar va ijara xonadonlariga joylashtirildi
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova boshchiligidagi ishchi guruh talabalar yotoqxonasiga borib, mavjud vaziyatni joyida o‘rgandi. O‘rganish jarayonida tadbirkor, tegishli mas’ullar, prokuratura xodimlari hamda Toshkent davlat texnika universiteti rahbariyati ishtirok etib, holat yuzasidan zarur choralar belgilandi.
▫️Aniqlanishicha, Talabalar shaharchasida davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan mazkur talabalar turar joyi hali rasman foydalanishga topshirilmagan. Obyektning kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmagan, foydalanish uchun zarur ruxsatlar olinmagan. Shuningdek, issiq suv va isitish tizimlari hali ulanmagan, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ham obyekt amaldagi talablarga javob bermaydi.
➡️Shu sababli talabalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ular mazkur obyektdan chiqarilib, universitetning mavjud talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlariga to‘liq joylashtirildi.
✔️Mazkur obyektga avval joylashtirilgan talabalardan undirilgan to‘lovlar tadbirkor tomonidan 3 kun muddatda to’liq qaytarib beriladi.
🟢Ayni paytda obyektning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va foydalanish uchun zarur ruxsatlarni olish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
❗️Holat bo‘yicha barcha jihatlar o‘rganilib, talabalarning xavfsizligi va qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Mazkur masala Toshkent shahar hokimligi tomonidan nazoratga olindi.

▫️Toşkent şahridagi bozor va savdo komplekslarining moliyaviy holatini örganiş, mol-mulkini xatlovdan ötkaziş va mavjud ...

Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan navbatdagi Toshkent shahrida Xotin qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirko...

Toşkent şahar hokimligida şahar hokimi Şavkat Umurzoqov va Oppenheimer & Co. kompaniyasining investitsiya banki faol...

Toshkent shahar hokimligida ijro intizomi va topshiriqlar ijrosi yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdiToshkent shaha...