- Toshkentdan gapiramiz
- 26.10.2026, 11:33
Toşkent şahar ehtiyojlarini töliq qoplaş (import örnini bosiş) maqsadida mahalliy buta yetiştiriş hajmini oşirmoqda
2024-yilda “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida va Toşkent şahar hokimligi taşabbusi bilan Bektemir tumanida poytaxt ekologik tizimining dastlabki hududlaridan biri — yaşil belboğni şakllantiriş işlari boşlab yuborildi. Ayni paytda bu yerda ekilgan daraxtlar qatorida kiçik issiqxonalar ham taşkil etilmoqda. Ularda şahar va tuman obodonlaştiriş boşqarmalari ixtiyoridagi qalamçalardan buta köçatlari yetiştirilmoqda. Bu işlarga tegişli idoralarning 2020 nafar mutaxassis va xodimlari jalb etilgan.
Mavjud qalamçalardan qariyb 110 gektar maydonda kamida 120 million tup — har bir tuman uçun kamida 10 million tupdan buta ekiş va yetiştiriş rejalaştirilgan. Uşbu jarayonni taşkil etiş maqsadida tumanlarda mas’ul xodimlar belgilanib, soha mutaxassislaridan iborat jamoalar tuzildi.
Ilgari butalar, jumladan, import navlarni xarid qilişga katta mablağ yönaltirilar edi. Mavjud qalamçalardan köçat yetiştiriş esa importga qaramlikni kamaytiriş va tayyor köçat sotib oliş xarajatlarini qisqartiriş imkonini beradi.
Köpaytiriş uçun kamida beş turdagi buta tanlab olingan. Xorijdan taklif etilgan mutaxassislar iştirokida iqlimga moslaştirilgan bu ösimliklar sönggi ikki mavsumda Toşkent şaroitida yaxşi natija körsatdi. Tanlab olingan turlar orasida şamşod, ligustrum, italyan ligustrumi, “Bravo” lonitserasi, yapon lonitserasi, zirk, beresklet, lavanda, hind nastarini va tuya bor.
Bu — iqlimga moslaştirilgan import navlar qalamçasidan buta yetiştiriş böyiça şunday kölamdagi ilk loyihadir. Barpo etilayotgan köçatxonalar yaşil belboğning bir qismiga va poytaxtning qöşimça ekologik qalqoniga aylanadi, şuningdek, şaharning köçatga bölgan ehtiyojini bosqiçma-bosqiç qondiriş imkonini beradi. Mahalliy köçat yetiştirişni rivojlantiriş Toşkentni rejali tarzda kökalamzorlaştirişga, uning ekologik tizimini mustahkamlaşga va şahar mikroiqlimini yaxşilaşga xizmat qiladi.

🏃 23-oktabr kuni Olimpiya şaharçasida 2026-yilgi Prezident Olimpiadasini yuqori saviyada taşkil etiş va iştirokçilarni ...
✔️Qabul davomida 32 ta murojaat körib çiqildi. 24 ta masala öz joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarni esa atrofliça örg...

2026-yil 23-oktabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimining uy-joy kommunal ...
Uchtepa tumanidagi 90 sotix bo‘sh maydonda yangi sun’iy ko‘l va dam olish maskani tashkil etish ishlari boshlandi. ✔️Bu ...