Bektemir tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Hurmatli poytaxt aholisi va tadbirkorlar!

Hurmatli poytaxt aholisi va tadbirkorlar!


Ma’lum qilamizki, ilgari muqobil savdo joylarini tayyorlash zarurati tufayli to‘xtatilgan “Qo‘yliq” bozori hududining bir qismini reorganizatsiya qilish va obodonlashtirish ishlari qayta tiklandi.


Hozirda bozor yanada tartibli holga keltirilgan — tadbirkorlar uchun joylar yaratildi va hududdagi ishlar faol davom etmoqda. Barcha ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda, shu bilan birga, savdo faoliyati to'xtatilmagan.


Bozor yopilmayapti, balki uning faoliyati optimallashtirilmoqda — tartib o‘rnatish, sanitariya sharoitlarini yaxshilash, infratuzilmani yangilash va umumiy xavfsizlik darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bundan tashqari, kelgusida joriy etiladigan raqamlashtirilgan tizim  soliq to‘lovlarining shaffofligini ta’minlash imkoniyatini yaratadi. Bu esa, o‘z navbatida, yashirin iqtisodiyotning bozordagi ta’sirini kamaytirishga yordam beradi.


Afsuski, o‘zgarishlar boshlanishidan oldin bozor hududida ko‘plab muammolar to‘planib qolgan edi, bu haqda fuqarolarning murojaatlari ham guvohlik beradi. Ular orasida — jinoyatchilik xavfi, eskirgan kommunikatsiyalar sababli yuzaga kelgan mayda yong‘inlar, sanitariya me’yorlarining buzilishi, shuningdek, qulaylik va odamlar salomatligiga xavf soluvchi tartibsiz savdo holatlari mavjud edi.


Ushbu holatlar e’tiborsiz qoldirilishi mumkin emas. Shu sababli, tizimli qaror qabul qilinib, bozor xalqaro va zamonaviy shahar  standartlariga mos holga keltirilmoqda.


Ishonamizki, barcha ishlar yakunlangach, bu hudud tadbirkorlar hamda tashrif buyuruvchilar uchun yanada qulay, xavfsiz va shinam makonga aylanadi.


Tushunganingiz va hamkorligingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Toşkent şahar hokimi tomonidan fuqarolar uçun şaxsiy qabul ötkazildi
23.10.2026, 17:56
Toşkent şahar hokimi tomonidan fuqarolar uçun şaxs...

✔️Qabul davomida 32 ta murojaat körib çiqildi. 24 ta masala öz joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarni esa atrofliça örg...

Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
23.10.2026, 15:47
Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

 2026-yil 23-oktabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimining uy-joy kommunal ...

Uchtepa tumanida sun’iy ko‘l barpo etilmoqda!
23.10.2026, 15:22
Uchtepa tumanida sun’iy ko‘l barpo etilmoqda!

Uchtepa tumanidagi 90 sotix bo‘sh maydonda yangi sun’iy ko‘l va dam olish maskani tashkil etish ishlari boshlandi. ✔️Bu ...

Botkin qabristonidagi şikastlangan qabr toşlari tiklanadi. Qoidabuzarliklarga yöl qöygan mas’ullar aniqlandi, quriliş işlari töxtatildi
23.10.2026, 15:13
Botkin qabristonidagi şikastlangan qabr toşlari ti...

Dastlabki örganişlar şuni körsatdiki, sobiq şampan vinolari zavodi hududida olib borilgan quriliş işlari vaqtida obyektn...