- Toshkentdan gapiramiz
- 11.08.2026, 12:19
HISOBOT, MULOQOT, TAQDIMOT: Chilonzor tumanida yangi formatdagi uchrashuv davom etmoqda
Poytaxt hokimi Chilonzor tumanidagi “Botirma” MFY hamda Al-Xorazmiy ko‘chasida tashkil etilgan 24/7 gastronomik maskanda bo‘ldi.
🔺Ushbu manzildagi uchrashuv yangi — “Hisobot, muloqot, taqdimot” formatida tashkil etilib, unda 40 nafar MFY raisi va faol fuqarolar ishtirok etdi.
🛡Taqdimot davomida hududlarda “Xavfsiz hudud” yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, jinoyatchilikning oldini olish va mahallalarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
➡️Shuningdek, hududdagi sug‘orish tizimini takomillashtirish, namunaviy maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish hamda mavjud sharoitlarni yaxshilash yuzasidan loyihalar taqdimot qilindi.
💬Muloqot davomida mahalla raislari va faol fuqarolar bilan hududlardagi mavjud masalalar, ularning yechimlari hamda amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijalari muhokama qilindi.
📍Chilonzor tumanida “Hisobot, muloqot, taqdimot” formatida hududni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar...

🔸️ Bugun erta tongdan “Navqiron” mahallasida Yangihayot tumani hokimi, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman soliq inspeksiyas...

Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTEM) mutaxassislari chorrahadagi transport oqimini o‘rganib, avtomobillar qaysi...

📈 Shu munosabat bilan tadbir doirasida Ichki ishlar vaziri tomonidan tumanda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan is...