Bektemir tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

“Yashil” chiroq uzoqroq — kutish kamroq: Fitrat va Geydar Aliyev ko‘chalari chorrahasidagi svetofor qayta sozlandi

Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTEM) mutaxassislari chorrahadagi transport oqimini o‘rganib, avtomobillar qaysi yo‘nalishda ko‘proq to‘planishini aniqladi. Shundan so‘ng svetoforning ishlash vaqti yangi yuklamaga mos ravishda o‘zgartirildi.

Avval svetofor siklining birinchi fazasi 35 soniya, ikkinchi fazasi esa 28 soniya davom etgan. Endi eng gavjum yo‘nalishda fazaning uzunligi 35 soniya o‘rniga 60 soniyaga uzayitirldi.

Shuningdek, qarama-qarshi yo‘nalishdagi avtomobillar endi biroz oldinroq to‘xtaydi. Bu burilayotgan transport vositalariga burilishni xavfsiz yakunlab, chorrahani tezroq bo‘shatish imkonini beradi. Natijada svetofor bir sikl davomida ko‘proq avtomobilni o‘tkazadi.

⏱️ O‘zgarishlar natija berdi: kunduzi avtomobillar navbati sezilarli darajada qisqardi, harakat bir maromga tushdi, chorrahadan o‘tish vaqti esa 2 daqiqagacha kamaydi.

🚂 Yaqin atrofda temiryo‘l kesishmasi joylashgan. Poyezd o‘tayotganda harakat vaqtincha to‘xtatiladi. Shu sababli chorrahada qisqa vaqtga avtomobillar to‘planishi mumkin.

YHTEM vaziyatni kuzatishda davom etmoqda. Mutaxassislar ertalabki va kechki tig‘iz vaqtlar uchun svetoforning alohida ish rejimlarini tayyorlamoqda.

Keyingi bosqich — qo‘shni chorrahalarni yangilash va ularning svetoforlarini yagona “Yashil to‘lqin” tizimiga ulash. Natijada ruxsat etilgan tezlikda harakatlanayotgan avtomobillar chorrahalardan ketma-ket yashil chiroqda o‘tib, kamroq to‘xtashi mumkin bo‘ladi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Chilonzor: hisobot, muloqot va amaliy yechimlar
12.08.2026, 16:29
Chilonzor: hisobot, muloqot va amaliy yechimlar

📍Chilonzor tumanida “Hisobot, muloqot, taqdimot” formatida hududni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar...

Aholiga standartlarga mos, sifatli xizmat ko’rsatish borasida vazifalar belgilab olindi
12.08.2026, 11:46
Aholiga standartlarga mos, sifatli xizmat ko’rsati...

🔸️ Bugun erta tongdan “Navqiron” mahallasida Yangihayot tumani hokimi, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman soliq inspeksiyas...

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga muvofiq, Chilonzor tumani xavfsiz muhitni ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olish yo‘nalishida Ichki ishlar vazirligiga biriktirilgan
11.08.2026, 16:31
Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga muvofiq, Chil...

📈 Shu munosabat bilan tadbir doirasida Ichki ishlar vaziri tomonidan tumanda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan is...

HISOBOT, MULOQOT, TAQDIMOT: Chilonzor tumanida yangi formatdagi uchrashuv davom etmoqda
11.08.2026, 12:19
HISOBOT, MULOQOT, TAQDIMOT: Chilonzor tumanida yan...

Poytaxt hokimi Chilonzor tumanidagi “Botirma” MFY hamda Al-Xorazmiy ko‘chasida tashkil etilgan 24/7 gastronomik maskanda...