- Toshkentdan gapiramiz
- 21.08.2026, 14:43
🧠 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan autsorsing xizmatlarini xarid qilish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlash e’lon qilinadi.
😮 Xarid predmeti:
Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda tarbiyalanuvchilar uchun sifatli va xavfsiz ovqatlanishni autsorsing asosida tashkil etish xizmati.
😮 Xarid turi:
Eng yaxshi takliflar tanlovi.
Agentlik tizimidagi maktablar quyidagilar:
36,199,-sonli Ixtisoslashtirilgan maktablar;
✅ Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:
😮O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi;
😮Soliq va boshqa majburiy to‘lovlardan qarzdorligi mavjud emasligi;
😮Ovqatlanishni tashkil etish sohasida tegishli tajriba, malakali xodimlar hamda zarur moddiy-texnik imkoniyatlarga ega bo‘lishi;
😮Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash, sanitariya talablariga rioya etish imkoniyatiga ega bo‘lishi;
😮Xizmatlarni barqaror va uzluksiz tashkil etish uchun yetarli moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lishi.
🖋 Taqdim etiladigan hujjatlar:
😮Davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
😮 STIR va bank rekvizitlari;
😮 Soliq qarzdorligi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumot;
😮 Tijorat taklifi, shu jumladan xizmat ko‘rsatish uchun taklif etilayotgan ustama haqi miqdori;
😮 Kamida uch oylik xizmat ko‘rsatish qiymatini qoplash imkonini beruvchi aylanma mablag‘lar mavjudligini tasdiqlovchi ma’lumotlar;
😮 Autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha mavjud tajriba to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
😮 Ovqatlanishni tashkil etish uchun mavjud moddiy-texnik baza, transport vositalari, uskunalar va xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
😮 Tavsiya etilayotgan taomnoma, ovqatlanish sifati va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ma’lumotlar;
😮 Shartnoma doirasida kamida 1 foiz miqdorida investitsiya kiritish majburiyatini qabul qilish to‘g‘risidagi rozilik;
😮 Faoliyat xususiyatidan kelib chiqib boshqa tasdiqlovchi hujjatlar.
❗️ Takliflarni taqdim etish tartibi:
Belgilangan muddatga qadar yopiq konvertda taqdim etiladi.
❗️ Takliflarni qabul qilish muddati:
2026-yil 27-avgust kuni soat 13:00 ga qadar.
🇺🇿 Manzil:
Toshkent shahri, Mirobod tumani, Yangi zamon 3-tor, 1-uy.
↗️ Baholash mezonlari:
Ishtirokchining moliyaviy barqarorligi, mazkur yo‘nalishdagi tajribasi, moddiy-texnik va kadrlar salohiyati, taklif etilayotgan ovqatlanish sifati va xavfsizligi, shuningdek xizmatlarni barqaror tashkil etish imkoniyatlari kompleks ravishda inobatga olinadi.
📞 Aloqa uchun:
955004707
955074707
🤝 Mazkur tanlov jarayoni ochiqlik, shaffoflik va teng raqobat tamoyillari asosida amalga oshiriladi.

Yig‘ilishda Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni ...

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Raxmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahr...

✅ Bugun, 21-avgust soat 23:59 da “Tashabbusli budjet” doirasida saralashdan o‘tgan loyihalarga ovoz berish bosqichi bosh...
❗️Bildirilgan konstruktiv, jumladan, tanqidiy fikr-mulohazalardan so‘ng shahar ko‘chalari qiyofasidagi o‘zgarishlarni yo...