- Toshkentdan gapiramiz
- 20.08.2026, 16:48
Dizayn-kodni joriy etishga yondashuv bildirilgan fikrlar asosida qayta ko‘rib chiqildi: tadbirkorlar manfaatlari ustuvor ahamiyatga ega
❗️Bildirilgan konstruktiv, jumladan, tanqidiy fikr-mulohazalardan so‘ng shahar ko‘chalari qiyofasidagi o‘zgarishlarni yoritish va tadbirkorlarga dizayn-kod talablarini tushuntirishga doir yondashuv qayta ko‘rib chiqildi.
➡️Asosiy e’tibor ochiq muloqotga, ma’lumotlarni tushunarli tarzda yetkazishga va yuzaga keladigan masalalarni individual tartibda ko‘rib chiqishga qaratildi.
❔Joriy yilning 11-mayidan 26-iyuliga qadar dizayn-kodni joriy etish ishlari poytaxtning 56 ta ko‘chasidagi 3 228 ta tadbirkorlik subyektini qamrab oldi. O‘zgarishlar bevosita ta’sir ko‘rsatgan tadbirkorlarning fikrini o‘rganish maqsadida Toshkent shahar hokimligi Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda so‘rovnoma o‘tkazdi.
🔝Teskari aloqa natijalari shuni ko‘rsatdiki, ayrim hollarda talablar, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi va bajariladigan ishlar ketma-ketligi o‘z vaqtida va yetarlicha tushunarli tarzda izohlanmagan. Bu e’tirozlar o‘rinli deb topildi va kelgusi ishlarda inobatga olindi.
🏢Bugungi kunga kelib 509 nafar tadbirkor o‘z binosi fasadini yangiladi, yana 2 627 nafari bu boradagi ishlarni yakunlamoqda. Qolgan masalalar tuman hokimliklari va mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda individual tarzda ko‘rib chiqiladi.
✔️Bundan tashqari, “Toshkent Invest Kompaniyasi” AJ, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti ekspertlari ishtirokida 18 ta reklama-ishlab chiqarish kompaniyasi mutaxassislarining malakasi oshirildi.
🧑💻Vazifamiz – shunchaki fasadlarni yagona talablarga moslashtirish emas, balki bu jarayonni tadbirkorlar uchun tushunarli va adolatli tashkil etishdir. Dizayn-kod biznes uchun asossiz qiyinchiliklar yaratmasdan, poytaxtimiz qiyofasini yaxshilashi lozim.

Yig‘ilishda Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni ...

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Raxmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahr...

😮 Xarid predmeti:Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda tarbiyalanuvchilar uchun sifatli va xavfsiz ovqatl...

✅ Bugun, 21-avgust soat 23:59 da “Tashabbusli budjet” doirasida saralashdan o‘tgan loyihalarga ovoz berish bosqichi bosh...