- Toshkentdan gapiramiz
- 26.08.2026, 10:49
Toshkentdagi bir qator tashkilotlarda ish kunini soat 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda
Toshkent shahar hokimligi shahar va tuman hokimliklari, shahar boshqarmalari hamda ularga qarashli bo‘linmalarning ish vaqtini 8:00 dan 17:00 gacha etib belgilash taklifini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ymoqda.
✔️ Ish kunining davomiyligi o‘zgarmaydi — xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlab, bir soat ertaroq yakunlaydilar.
Bugungi kunda ko‘plab ijtimoiy muassasalar, ayrim davlat tashkilotlari, shuningdek, ko‘plab korxona va tashkilotlarda ish kuni soat 8:00 da boshlanadi. Shu vaqtdan boshlab shaharda faol hayot boshlanadi, aholi davlat va shahar xizmatlariga murojaat qiladi. Shu bois shahar hokimligi va unga qarashli xizmatlarning ham fuqarolarga ayni vaqtdan boshlab xizmat ko‘rsatishga tayyor bo‘lishi muhim.
Ish jadvallarini uyg‘unlashtirish bir nechta idora ishtirokini talab qiladigan masalalarni tezroq muvofiqlashtirish imkonini ham beradi.
⌛ Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan transport oqimlari tahlili va modellashtirilishi shuni ko‘rsatmoqdaki, ish boshlanish vaqtlarini taqsimlash ertalabki tig‘iz paytlarda yo‘l tarmog‘iga tushadigan yuklamani kamaytirishga yordam beradi. Yangi grafik joriy etilganda tushlik vaqti ham shunga mos ravishda tashkil etilib, kun davomida transport oqimlari hamda umumiy ovqatlanish obyektlariga tushadigan yuklamani yanada bir maromda taqsimlash imkonini beradi.
Yakuniy qaror qabul qilishdan oldin poytaxt aholisining fikrini eshitish biz uchun muhim.
Agar taklif ovoz berish natijalariga ko‘ra aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, Toshkent shahar hokimligi uni belgilangan tartibda kelishish uchun kasaba uyushmalari tashkilotlarining ko‘rib chiqishiga kiritadi.
Quyidagi so‘rovnomada ishtirok etib, o‘z munosabatingizni bildiring. Agar taklif aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, belgilangan tartibda kasaba uyushmalari bilan kelishish uchun kiritiladi. So‘rovnoma natijalari joriy yilning 28-avgust kuni sarhisob qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini t...
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida yangi talabalar turar joyi 8 oyda qurib bitirildi va foydalanishga topshiri...

Poytaxt tumanlariga 24 ta yangi yo‘l texnikasini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.Toshkentning barcha 12 ta tu...
Poytaxt ko‘chalarida bosqichma-bosqich joriy etilayotgan “yashil to‘lqin” tizimining yana bir yo‘nalishi Shota Rustaveli...