- Toshkentdan gapiramiz
- 20.10.2026, 12:03
Toshkentda yashil hududlar ko‘payadi: mahallalarda mikroo‘rmonlar, yangi bog‘lar va soyali sayr ko‘chalari tashkil etiladi
🌳 Toshkent shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahallalarni ko‘kalamzorlashtirish, daraxtlarni asrash va aholi uchun yanada qulay ekologik muhit yaratishga qaratilgan yangi chora-tadbirlar belgilandi.
Toshkent shahar hokimining imzolagan qarorida poytaxtda amalga oshiriladigan muhim vazifalar belgilandi
🌳 Mahallalarda mikroo‘rmonlar barpo etiladi
Yer maydoni cheklangan mahallalar, ko‘p qavatli uylar oralig‘i, maktab va bog‘chalar hovlilarida mikroo‘rmonlar tashkil etiladi. 200–1 000 kvadrat metr maydonlarda har bir kvadrat metrga kamida 2 tadan daraxt va buta ko‘chatini zich ekish usuli qo‘llanadi.
Yer ajratish imkoni bo‘lmagan, beton yoki asfalt qoplamali hududlarda esa katta hajmli tuvaklarda ko‘chatlar ekilib, kichik jamoat bog‘lari tashkil etiladi.
🌲 Ko‘chat ekish mavsumi 10-noyabrdan boshlanadi
Toshkentda kuzgi ko‘chat ekish mavsumi 2026-yil 10-noyabrdan boshlanishi belgilandi. Ekish maydonlarini tayyorlash, sug‘orish tizimlarini sozlash, tuproqqa ishlov berish va boshqa zarur agrotexnik tadbirlar oldindan amalga oshiriladi.
🧹Ariq va kanallar tozalanadi
2026-yil 1-oktyabrdan boshlangan tozalik va ozodalik bo‘yicha ikki oylik doirasida ariqlar, zovurlar va kanallar chiqindilardan tozalanadi. Zarur joylarda ta’mirlash ishlari bajarilib, hududlar mavsumiy yog‘ingarchiliklarga tayyorlanadi.
🌳 Daraxtlar parvarishida yangi yondashuv
Poytaxtda kompostlash va mulchalash tizimini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bunda shox-shabbalarni maydalash, organik materiallardan foydalanish va ularni daraxtlar o‘sadigan ochiq tuproq maydonlarini parvarishlashga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
➡️“Yashil mahalla” va “Yashil lot” tizimlari
2027-yil 1-yanvardan “Yashil mahalla” loyihasi doirasida “Mahallani yashillashtirish” paketi hamda “Yashil lot” tizimini joriy etish nazarda tutilgan. Fuqarolarning yashil bog‘lar tashkil etish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ko‘chat ekish va parvarishlash ishlariga jamoatchilikni jalb etish rejalashtirilgan.
🤔Har bir tumanning “yashil dasturi” ishlab chiqiladi
2026-yil 1-noyabrgacha tumanlarning yashillik darajasini oshirishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqilishi kerak. Ularda yashil bog‘lar, soyali sayr ko‘chalari, suvni tejovchi sug‘orish tizimlari va daraxtlarni parvarishlash bo‘yicha aniq obyektlar, muddatlar, mablag‘lar va mas’ullar belgilanadi.
✔️Maqsad — Toshkentda ko‘proq yashil hududlar yaratish bilan birga, mavjud daraxtlarni asrash, ularni to‘g‘ri parvarishlash va har bir mahallada toza, salqin hamda qulay muhitni shakllantirish.

Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari Mirmuhammad Mirxamidov f...

Bugun Xalq qabulxonasida ikkita qabul bo‘lib o‘tadiEslatib o‘tamiz, bugun Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi r...

Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasiga ayrim tuman hokimliklar...
▫️Dizayn-kod — peshlavha va reklama konstruksiyalarini tartibga solib, poytaxt ko‘chalarida yagona va uyg‘un qiyofa yara...